27 Yanvar 2025 yil 968

Boysun tumanida viloyat sektor rahbarlarining “Sayyor qabuli” o‘tkazildi.

Bugun Boysun tumani aholisining murojaatlarini o‘rganish va ularga ijobiy yechim topish maqsadida, Boysun tuman hokimligi binosida “Sayyor qabul” tashkil etildi.

O‘tkazilgan “Sayyor qabul”da Surxondaryo viloyat prokurori adliya katta maslahatchisi Baxtiyar Babadjanov, viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Timur Ismailovlar tomonidan  fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi.

“Sayyor qabul” davomida fuqarolar tomonidan tergov — surishtiruv, ishga qabul qilish, IIV tizimiga ishga tiklash, yo‘l harakati xavfsizligi, fuqarolikni rasmiylashtirish, yaqin qarindoshlar hamda quda-andalar o‘rtasidagi nizolarga barham berish, pul oldi-berdi masalasi, probatsiya nazoratidan chiqarish va boshqa ichki ishlar sohasiga oid turli masalalar yuzasidan murojaatlar qilishdi.

Murojaatlarning asosiy qismi shu yerning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, ba’zi murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Ijrosini o‘rganish uchun qo‘shimcha muddat talab qiladigan murojaatlar esa tegishli sohaviy xizmat mas’ullariga yo‘naltirilib, boshqarma boshlig‘i tomonidan alohida nazoratga olindi.

Text to speech