3 Noyabr 2022 yil 386

Boysun tumanida o‘tkazilgan nazorat va reyd tadbiri davomida bir tonna to‘rt yuz kilogramm iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsuloti aniqlandi

Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Patrul-post xizmati va Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘linmasi xodimlari, viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati YHXB inspektorlari hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi mutaxassislari hamkorligida, aholi orasida sanitariya epidemiologik vaziyatni yaxshilash, yuqumli kasalliklarning tarqalishini oldini olish shuningdek, go‘sht, sut va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarining tashilishida veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilish borasida nazorat va reyd tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Xuddi shunday tadbirlardan biri Boysun tumani hududida o‘tkazilgan nazorat reyd tadbirlari davomida, Buxoro viloyatida yashovchi, fuqaro M.K boshqaruvidagi “Caddy Trendliny” rusumli avtotransport vositasida veterinariya-sanitariya talablariga zid ravishda hech qanday hujjatlarsiz jami 800 (sakkiz yuz) kg va Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yashovchi  S.Xga tegishli bo‘lgan “Damas” rusumli avtomashinada 600 (olti yuz) kg jami 1 400 (bir ming to‘rt yuz) kg go‘sht mahsulotlarini hech qanday veterinariya hujjatlarisiz Surxondaryo viloyati hududida faoliyat yuritayotgan dehqon bozorlariga olib kelayotgan vaqtida to‘xtatilib, viloyat Oziq-ovqat xavfsizligi va nazorati bo‘limi labaratoriyasi tekshiruvidan o‘tkazilib, egalariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 109 moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima qo‘llanilgan.

Text to speech