Boysun tumanida sportning "Voleybol" turi bo‘yicha "Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i kubogi" uchun musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Yoshlarning
bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Boysun tumanida sport musobaqalari
tashkil etilmoqda.
Jumladan, bugun
Boysun tumanidagi sport maktabida yoshlar o‘rtasida "Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i
kubogi" uchun sportning "Voleybol" turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib
o‘tdi. Qizg‘in kechgan musobaqada mahalla yoshlari jamoalari mahorat ko‘rsatishib,
hakamlar tomonidan xolis baholab borildi.
Mahallalar yoshlari
o‘rtasida bo‘lib o‘tgan voleybol musobaqasida 11 ta jamoa ishtirok etib, o‘yin natijalariga
ko‘ra:
1-o‘rin Chilonzor
mahallasi yoshlar jamoasi,
2-o‘rin Shirinobod
mahallasi yoshlar jamoasi,
3-o‘rin Munchoq
mahallasi yoshlar jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.
Qizg‘in o‘tgan
mazkur musobaqada g‘olib bo‘lgan jamoalarga
tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i 3-sektor rahbari tomonidan diplomlar, medallar,
esdalik sovg‘alari hamda pul mablag‘lari topshirildi.