Boysun tumanida sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan dastlabki bayonot
Kecha, 1-sentabr
kuni soat 15:17 da Surxondaryo viloyati Boysun tumani
"Ko‘lqamish" mahallasi
hududida joylashgan "Mustaqillikning 25 yilligi" koniga qarashli
604-son qudug‘ida burg‘ulash ishlari olib borish vaqtida texnologik jarayonning
buzilishi natijasida oltingugurt (vodorod sulfid) gazi chiqishi kuzatilgan.
Hududda aholi
xavfsizligini ta’minlash maqsadida tezkor shtab faoliyati tashkil etilib, kon
yaqinida yashovchi fuqarolar xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan.
Favqulodda
vaziyatlar vazirligi bergan ma’lumotga (https://t.me/MCHSUzbek/26621) ko‘ra,
fuqarolarning tan-jarohati olishi va o‘lim holatlari qayd etilmagan.
Hududga Surxondaryo
viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, aloqador mutasaddi tashkilot va idoralar
hamda boshqarmalar mas’ullari yetib borishgan bo‘lib, vaziyat to‘liq nazoratga
olingan. Ayni vaqtda favqulodda holat sodir bo‘lgan hududda havoning
ifloslanish darajasini o‘rganish, kelib chiqqan holatlarni bartaraf etish
bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Shu o‘rinda fuqarolarimizdan ortiqcha sarosimiga
berilmasliklarini, ijtimoiy tarmoq faollaridan aholi o‘rtasida vahima
uyg‘otuvchi materiallarni tarqatmasliklarini so‘raymiz.