10 Avgust 2024 yil 328

Boysun tumanida "Probatsiya oyligi" doirasida, nazoratdagi shaxslarning bandligi ta’minlanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining tegishli farmoyishiga asosan joriy yilning 23 iyul kunidan 23avgust kuniga qadar "Probatsiya oyligi" e’lon qilinganligi har bir nazorat ostidagi shaxslar ustidan ta’sirchan nazoratni amalga oshirish va ijtimoiy moslashtirish ishlarini jadallashtirishni taqozo etadi.

Shu munosabat bilan Boysun tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi hamda tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamkorligida  nazorati ostida turuvchi shaxslarni ish bilan ta’minlash, daromadini oshirish maqsadida "Ishga marxamat" tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun keng imkoniyatlar borligi yuzasidan tavsiya va yo‘nalishlar berildi. Shuningdek, ikki nafar yoshlar ishga joylashtirilib, ularning bandligi ta’minlandi.

Text to speech