Boysun tumanida “Lazzatli Surxon” festivali o‘tkazildi.
Surxon vohasining boy gastronomik turizm salohiyatini namoyon etish, milliy pazandachilik an’analarini keng targ‘ib qilish hamda viloyat hududiga tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimini yanada oshirish maqsadida Boysun tumanidagi “Boysun bahori” turizm majmuasida “Lazzatli Surxon” xalqaro festivali tashkil etildi.
O‘tkazilgan festivalda, Xindistonlik va o‘zbek talabalari tomonidan xorijiy
taomlar ko‘rgazmasi, shahar va tumanlar pavilonlarida milliy taomlar namoyishi,
hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi, “Uzum sayli”, “Olma sayli”, “Anor sayli”
kabi an’anaviy bayram tadbirlari bilan qizg‘in kechdi.
Shuningdek, Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan tashrif buyurgan sayyohlar xavfsizligini ta’minlash bilan birgalikda kerakli tavsiyalar berib borildi.