Boysun tumanida ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolari ishtirokida xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilish yuzasidan uchrashuv tashkil etildi
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan 2024 yil
15 fevral kunida tasdiqlangan reja dastur asosida, Surxondaryo viloyati ichki ishlar
organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat
intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, kelgusida xodimlar tomonidan sodir etilishi
mumkin bo‘lgan qonunbuzilish holatlarini oldini olish maqsadida, bugun Boysun tumani
hokimligi binosida Boysun tumani IIBda xizmat olib borayotgan xodimlar hamda ularning
oila a’zolari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv avvalida, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
podpolkovnik Shadiev Sherzod Fayzullaevich so‘zga chiqib, bugungi kunda ichki ishlar
organlari xodimlarining harbiy-vatanparvarlik tuyg‘usini, ma’naviy saviyasini va
intellektual salohiyatini yuksaltirishni ta’minlash, yuzasidan bir qator manzilli
ishlar amalga oshirib kelinayotganligini, ammo ba’zi bir xodimlar ushbu yaratilayotgan
shart-sharoitlardan unumli foydalanmasdan hozirgi kunda xizmat intizomi va qonunchilikka
rioya etmasdan javobgarlikka tortilib ketayotganligini qayd etdi.
Uchrashuv davomida 2023 yil davomida viloyat ichki ishlar organlari xodimlari
tomonidan sodir etilgan salbiy hamda ijobiy holatlar asosida tayyorlangan videofilm
xodimlarning kelgusi xizmat faoliyatlarida o‘zlariga tegishlicha to‘g‘ri xulosa
chiqarishlari uchun yig‘ilganlarning e’tiboriga namoyish etildi.
Tadbir
so‘ngida xizmat faoliyati davomida ijobiy natijalarga erishib hamkasblariga o‘rnak
bo‘lib kelayotgan bir guruh xodimlarning ota-onalariga viloyat ichki ishlar boshqarmasi
boshlig‘ining tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.