12 Sentyabr 2024 yil 248

Boysun tumanida “Barqaror turmush” profilaktik tadbiri doirasida, targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning 5 sentabr kunidan 5 oktabr kuniga qadar Respublika miqyosida keng qamrovli “Barqaror turmush” profilaktik tadbiri o‘tkazilmoqda.

Ushbu tadbir davomida, Boysun tumanida Oila-turmush munosabatlari doirasidagi ayollar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ularning muammolarini o‘rganish hamda bartaraf etish yuzasidan profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, tadbir doirasida sha’riy nikoh asosida yashab kelayotgan, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar, sog‘liqni saqlash hisobida turgan ayollar bilan manzilli profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish borasidagi ishlar ham tuman IIB va tuman hokimligi bilan hamkorlikda olib borish yo‘lga qo‘yilgan.

Text to speech