1 Avgust 2023 yil 155

Boysun tumani IIBda o‘tkazilgan yig‘ilish mahallalarda jinoyatchilikni jilovlashga qaratildi

Boysun tumani Ichki ishlar bo‘limi binosida, tumani hokimligi, tuman prokuraturasi hamda tuman Ichki ishlar bo‘limi hamkorligida “Jinoyatchilikni jilovlash” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Mutasaddilar tomonidan “Xavfsiz mahalla” tamoyili asosida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni jilovlash, unga qarshi murosasiz kurash olib borish, toifaga kiritilgan shaxslarning ijtimoiy profilaktikasini o‘rganish, ilgari jinoyat sodir etgan shaxslar bilan profilaktik tushuntirishlar olib borish, ularning muammolarini aniqlash va hal qilish, va qator masalalar yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berib o‘tildi.

Shuningdek yig‘ilishda 2023-yil davomida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikni jilovlash, kriminogen vaziyatni yaxshilash hamda xodimlar tomonidan xizmat intizomi, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirgan ishlari muhokama qilindi.

Text to speech