Boysun tumani IIBda to‘qqiz oy davomida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, sodir etilganlarni fosh etish borasida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi.
Joriy yilning 12 oktabr kuni Surxondaryo
viloyati IIB mas’ul rahbarlari huzurida Boysun tumani IIBda 9 oy yakuni bo‘yicha
tumanda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish
borasida erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklar hamda kelgusidagi
vazifalarga bag‘ishlangan tezkor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Surxondaryo viloyati IIB
boshlig‘ining o‘rinbosari pldpolkovnik Sh.F.Shadiev,
O‘zbekiston Respublikasi IIV ShXBB Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i
podpolkovnik Q.B.Samandarovlar ishtirok etib, tuman hududida kriminogen vaziyatni
yaxshilash, ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat intizomi va qonunchilkka
rioya qilishi, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda boshqa
huquq-tartibot organlari hamda jamoatchilik vakillari bilan hamkorlik masalalarida
amalga oshirilayotgan amaliy ishlari tanqidiy tahlillar asosida muhokama qilindi.
Muhokama davomida tuman IIB mas’ullarining axborotlari tinglandi.
Shundang so‘ng yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida
amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan aniq topshiriqlar va takliflar
berildi. Kelgusida xizmat faoliyati davomida qo‘pol xato va kamchiliklarga yo‘l
qo‘ygan xodim va rahbarlarga nisbatan keskin intizomiy jazo choralari ko‘rilishi
haqida ogohlantirish berildi