2 Avgust 2023 yil 176

Boysun tumani IIBda Sayyor sud o‘tkazildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Boysun tuman sudi tomonidan o‘tkazilgan sayyor sudda mahalla "beshligi", keng jamoatchilik vakillari hamda  Probatsiya guruhi nazorati ostida bo‘lgan shaxslar ishtirok etdi.

Sud davomida tuman IIB boshlig‘ining 2 nafar nazorat ostidagi shaxslar  bo‘yicha taqdimnomasi ko‘rib chiqildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Boysun tuman sudi tomonidan 1 nafar nazorat ostidagi shaxs o‘zining qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymonligi, tuzilish yo‘liga kirganligi sababli shartli ravishda muddatidan oldin ozod qilindi.

Afsuski, qilmishidan pushaymon bo‘lmaganligi, ozodlikni cheklash jazosida belgilangan tartiblarga rioya qilmaganligi sababli 1 nafar nazorat ostidagi shaxs Boysun tuman sudi tomonidan ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.

Text to speech