10 Iyul 2024 yil 419

Boysun tumani Ichki ishlar bo‘limida xodimlar tomonidan 6 oy davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.


Boysun tumani IIBda 6 oyi davomida operativ xizmat faoliyati natijalarida erishilgan yutuqlari, yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklari, shuningdek jamoat tartibini saqlash, xuquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurash hamda kelgusidgi vazifalar yuzasidan Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i Sh.F.Shodiev va O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Q.B.Samandarovlar huzurida tezkor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda avvalida, Boysun tumanida joriy yilning 6 oyi davomida sodir etilgan jinoyatlar, erishilgan yutuqlar yuzasidan tuman IIB boshlig‘i birinchi o‘rinbosarining axboroti tinglandi. Keltirilgan axborotda ish ko‘rsatkichi past bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat faoliyati tanqidiy-tahlil qilinib, 2024 yilning 9 oyiga qadar ish faoliyatini yaxshilash bo‘yicha, har biriga ogohlantirish berildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Q.B.Samandarov tomonidan xodimlarga korrupsion holatlarni oldini olish va jinoyatchilik va xuquqbuzarliklarga qarshi kurashish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Text to speech