27 Aprel 2024 yil 545

Boysun tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlariga xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash hamda xodimlar tomonidan korrupsiya va tamagirilik holatlarini oldini olish yuzasidan uchrashuv tashkil qilindi.

Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, kelgusida xodimlar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan qonunbuzilish holatlarini oldini olish maqsadida, Boysun tumani Ichki ishlar bo‘limi binosida Boysun tuman prokurori o‘rinbosari N.Avazov, Departamentning Boysun tumani bo‘limi boshlig‘i D.Yo‘ldoshev va tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari O.Davlatov ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

 Uchrashuv avvalida, bugungi kunda ichki ishlar organlari xodimlarining harbiy-vatanparvarlik tuyg‘usini, ma’naviy saviyasini va intellektual salohiyatini yuksaltirishni ta’minlash, yuzasidan bir qator manzilli ishlar amalga oshirib kelinayotganligini, takidlab o‘tildi. 

Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2024-yil 15-aprel kuni  tizimda "Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb 10 kunligi" e’lon qilingan bo‘lib, shu munosabat bilan, Boysun tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlariga xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash hamda xodimlar tomonidan korrupsiya va tamagirlik holatlarini sodir etilishini oldini olish xizmat intizomiga qat’iy amal qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash, korrupsiya va tamagirlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, ichki ishlar organi xodimiga xos fazilatlarni mustahkam saqlash bo‘yicha ko‘rsatma va aniq  tavsiyalar berildi.

Text to speech