13 Oktyabr 2022 yil 461

Boysun tuman 1-son kasb-hunar maktabida "Biz zo‘ravonlikka qarashimiz" mavzusida tuman hamkor tashkilotlari bilan birgalikda kengaytirilgan tadbir o‘tkazildi.

Boysun tuman 1-son kasb-hunar maktabida "Biz zo‘ravonlikka qarashimiz" mavzusida tuman hamkor tashkilotlari bilan birgalikda kengaytirilgan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda Boysun tuman IIB HPB VEBIG voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor psixologi A.Soatov, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Boysun tuman bo‘limi rahbari S.Gazieva, Gaza mahallasi yoshlar etakchisi J.Suvonovlar ishtirok etishdi.

Yoshlar ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari X.Pardaev o‘z so‘zida butun dunyo xalqi bugungi kunda xotin-qizlarning zo‘ravonligiga qarshi kurashish nafaqat xotin-qizlar balki voyaga yetmagan yoshlarning ham bir-biriga nisbatan zo‘ravonlik holatlarining oldini olishi muhim ekanligini aytib o‘tdi.  

Boysun tuman IIB HPB VEBIG voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor psixologi A.Soatov so‘zlab, bugungi kunda yangilanayotgan  O‘zbekiston islohotlari inson manfaatlari ustunligini ta’minlash barobarida jamiyatda xotin-qizlar mavqeini oshirish, ularning huquq hamda imkoniyatlarini ustuvor qadriyatlardan biri sifatida himoya qilishga qaratilgan. Bunda, ayniqsa, ayollarning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy faolligini yuksaltirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida ro‘yobga chiqarilmoqda.  

Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Boysun tuman bo‘limi rahbari S.Gazieva yig‘ilishdagi masalalar bo‘yicha o‘z fikr mulohazalarini bildirib, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 4 yanvardagi «Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 3-son qarori bilan quyidagilar tasdiqlandi: tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini berish, ijrosini ta’minlash va monitoring olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizom, tazyiq va zo‘ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarning zo‘ravonlik xulq-atvorini o‘zgartirish bo‘yicha tuzatish dasturidan o‘tishi tartibi to‘g‘risidagi nizom, himoya orderining shakli, himoya orderini berish, order talablarini ijro etish muddatlariga amal qilish va ijrosi ustidan nazorat yuritishga oid tadbirlarni o‘tkazish, sub’ektlarning o‘zaro munosabatlaridir.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida"gi va "Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonunlar ijrosini ta’minlash, xususan, zo‘ravonlik hodisalaridan aziyat chekkan ayollarning huquqlarini himoyalash va tiklash, ularga Himoya orderlarini rasmiylashtirib berish va davlat himoyasiga olish, zo‘ravon shaxslarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rish borasida tizimli sa’y-harakatlar doimiy ravishda amalga oshirib kelinayotganligi ta’kidlandi.

Text to speech