5 May 2025 yil
604
"Boysun bahori" turizm majmuasida "Tandir Fest" festivali o‘tkazildi.
Joriy yilning 2-4 may kunlari Surxondaryo viloyatining go‘zal va betakror maskani Boysun tumanidagi "Boysun bahori" turizm majmuasida ilk marotaba "Tandir Fest" festivali o‘tkazildi.
Mazkur festivalga yuqori qiziqish bildirgan bir qancha horijiy
davlatlardan tashrif buyurgan turistlarga Xavfsiz turizmni ta’minlash
boshqarmasi xodimlari tomonidan xavfsizliklari ta’minlanishi bilan birgalikda
milliy qadriyatlarimiz, boy oshpazlik an’analarimiz, xalq amaliy san’ati va
madaniy merosimiz haqida kerakli ma’lumotlar berib o‘tildi.