4 May 2024 yil 302

“Boysun bahori” xalqaro folklor festivalida xorijlik sayyohlar yuqori qiziqish bildirishmoqda.

Surxondaryo viloyatining so‘lim Boysun tumanida bo‘lib o‘tayotgan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali konsert dasturlari bilan boshlanib, dunyoning bir qancha davlatlaridan tashrif buyurgan xorijlik folklor jamoalar o‘zlari bilan tayyorlab kelgan ko‘rgazmali chiqishlari bilan ishtirok etishmoqda. 

Ushbu festivalda tashkil etilgan milliy urf-odatlarni aks ettiruvchi kuy-qo‘shiqlar, raqslar, milliy taomlar, liboslar va uchirilayotgan havo sharlarini ko‘rib tashrif buyurgan xorijiy va mahalliy sayyohlar o‘zlarining yuqori qiziqishlarini bildirib o‘tishmoqda.

Shuningdek, viloyat ichki ishlar boshqarmasi Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan tashrif buyurgan turistlarning xavfsizliklarini ta’minlash bilan birgalikda ularga turli masalalarda xizmatlar ko‘rsatib, kerakli ma’lumotlar berib borishmoqda.

Text to speech