“Boysun bahori” xalqaro folklor festivalida xorijlik mehmonlarga ko‘rsatilayotgan yordamlardan mamnunligini izhor etishmoqda.
Joriy yilning 1- may kunidan 7 may kuniga qadar Boysun tumanida o‘tkazilayotgan
“Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga tashrif buyurgan xorijlik mehmonlarga
viloyat ichki ishlar boshqarmasi Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi mas’ul
xodimlari tomonidan turli masalalarda kerakli yordamlar ko‘rsatilmoqda.
Jumladan, Belarussiyalik A.Shugaev va Yaponiyalik mehmonlarning turizm ob’ektlari
bo‘yicha, Ruminiyalik mehmonlarning Havo shariga uchish tartib-qoidalari yuzasidan,
Buyuk Britaniyalik Eva Sophia Skalla va Toshkent shahridan tashrif buyurgan folklor
jamoasi vakillarining tibbiy yordam so‘rab qilgan shu kabi murojaatlariga o‘z vaqtida
tegishli yordam va tavsilar ko‘rsatildi.
Ushbu
ko‘rsatilgan amaliy yordamlardan tashrif buyurgan mehmonlar o‘z minnatdorchiliklarini
izhor etishmoqda.