19 Aprel 2024 yil 171

“Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda.

Joriy yilning 1-7 may kunlari Boysun tumanida bo‘lib o‘tadigan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda.

Ushbu bo‘lib o‘tadigan festivalga bir qator xorijiy davlatlardan mehmonlar tashrif buyurishi ko‘zda tutilmoqda. Tashrif buyuruvchi xorijiy mehmonlarni kutib olish, ularning xavfsizliklarini ta’minlash va turli masalalarda sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida, viloyat ichki ishlar boshqarmasi Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan mehmonlar tashrif buyuradigan turizm namoyishi ob’ektlari va mehmonxonalar o‘rtasida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur o‘rganish ishlari davomida, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va qo‘shimcha qulayliklar yaratish uchun mas’ul mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berilmoqda.

Text to speech