5 May 2024 yil 331

"Boysun bahori" festivalining bayramona o‘tishida huquq tartibot idoralari xodimlari tun-u-kun faoliyat olib borishmoqda.

Milliylikni o‘zida jo etgan san’at bayrami – “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali qizg‘in davom etmoqda.

Festivalda YuNESKO, TURKSOY, Yevropa ittifoqi singari nufuzli xalqaro tashkilotlar, Buyuk Britaniya, Tailand, Yaponiya kabi mamlakatlardan faxriy mehmonlar ishtirok etmoqdalar.

Dunyo ahlini bir manzilda jamlayotgan festivalda, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tun-u-kun xizmat jarayonlarini olib bormoqdalar. Xizmat jarayonida viloyat IIB Ekspert kriminalistika markazi xodimlari ham jonbozlik ko‘rsatib, maxsus texnik vositalar yordamida fuqarolarning xavfsizligi va jamoat tartibini saqlash ishlarini amalga oshirishmoqda.

Text to speech