30 Aprel 2024 yil 641

"Boysun bahori" festivali oldidan, huquqni muhofaza qiluvchi organ hodimlariga yo‘riqnoma berildi.

Joriy yilning 1-7-may sanalarida bo‘lib o‘tadigan, Surxon vohasining tashrif qog‘oziga aylangan "Boysun bahori" festivaliga tayyorgarlik jarayonlari qizg‘in tus olgan.

Butun dunyo sayyohlari hamda mahalliy aholini bir manzilda jam etuvchi xalqaro ochiq folklor festivalga, viloyat Huquqni muhofaza qiluvchi organ hodimlari jalb qilingan.

Bugun manzilda boshqarma boshliqlari tomonidan yig‘ilish o‘tkazilib, xodim va xizmatchilarga joylar taqsimlandi hamda festival tinch va osuda o‘tishi yuzasidan yo‘riqnomalar berildi.

Text to speech