7 Oktyabr 2024 yil 415

Bosh vazir o‘rinbosari Jarqo‘rg‘on tumanida ayollar bandligi bilan tanishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Zulayxo Maxkamova bugun viloyat hokimining o‘rinbosari Zulxumor Xidirova va Jarqo‘rg‘on tumani hokimining o‘rinbosari Farida Ravshanova hamrohligida Qorabura mahallasida bo‘ldi.

Tashrif davomida Bosh vazir o‘rinbosari Hunarmandlar markazi, Parrandachilik komplekslarida bo‘lib, xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mutasaddilarga yaratilgan keng ko‘lamli imkoniyatlardan samarali foydalangan holda hududdagi ishsiz xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlash bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.

Shuningdek, tashrif davomida Jarqo‘rg‘on tumanida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini hal etish, jamiyatda oila institutining rolini oshirish, ajrimlarning oldini olish vazifalari topshirildi.

Text to speech