8 Noyabr 2025 yil 48

Bo‘lajak ichki ishlar xodimlari uchun motivatsion trening

IIV Surxondaryo akademik litseyida “Bo‘lajak ichki ishlar xodimlarida kasbiy motivatsiyani shakllantirishning psixologik omillari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Treningdan ko‘zlangan maqsad — kelgusida ichki ishlar tizimida xizmat qilishni orzu qilayotgan o‘quvchilarda kasbiy motivatsiyani kuchaytirish, to‘g‘ri kasb tanlash va mas’uliyatli qaror qabul qilish ko‘nikmasini rivojlantirishdir.

Tadbir interfaol shaklda tashkil etilib, psixologik mashqlar va amaliy topshiriqlar bajarildi.

Ichki ishlar sohasiga oid ma’lumotlar, xizmat sharoitlari va talablar batafsil yoritildi

Trening yakunida o‘quvchilarda ichki ishlar sohasiga bo‘lgan qiziqish va ishonch yanada ortadi, kelajakda Vatan xizmatiga munosib kadr bo‘lish niyati mustahkamlandi.

Text to speech