Biz terrorizm va giyohvandlikka qarshimiz!
Joriy yilning 25-yanvar
kuni Uzun tuman IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari mayor O.X.Ergashev tashabbusi bilan
tuman markazidan qariyb 35 km uzoqlikdagi 3-sektor hududiga qarashli "Fayzobod"
mahallasida joylashgan madaniyat uyida "Biz terrorizm va giyohvandlikka qarshimiz!"
mavzusida madaniy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda, yoshlar, uyushmagan
va og‘ir toifadagi yoshlar, uzoq muddat mehnat muhojirligida bo‘lib qaytgan fuqarolar,
mahalla faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida viloyat
teatr aktyorlari tomonidan turli zararli illatlarga qarshi kurashishni targ‘ib etuvchi
sahna ko‘rinishi namoyish etildi. Madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan ijro etilgan
kuy-qo‘shiqlar esa barcha tadbir ishtirokchilarini davraga chorladi.
Tadbir so‘ngida mutasaddilar tomonidan
giyohvandlik va terrorizm illatining inson ongiga, jamiyat taraqqiyotiga
ko‘rsatadigan salbiy ta’siri, uning oldini olish, mazkur yo‘nalishdagi targ‘ibot
ishlari samaradorligini kuchaytirish xususida atroflicha so‘z yuritildi.