BIZ KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ!
O‘zbekiston respublikasi prezidentining 2020-yil 29-iyundagi pf-6013-sonli “o‘zbekiston respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida iiv surxondaryo akademik litseyida doimiy ravishda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Xususan, 9-dekabr xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish
kuni munosabati bilan shu yilning 7-dekabrida akademik litseyning ma’naviy-ma’rifiy
hamda tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, podpolkovnik a.j.nurkeldiev
hamda “huquqshunoslik va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi” mudiri, phd m.m.allanazarovlar
boshchiligida 1-bosqich o‘quvchilari bilan “korrupsiya - rivojlanishimizga to‘siq”
shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida korrupsiya, uning sabab va oqibatlari hamda bu illatga barham berish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar xususida ma’lumotlar berib o‘tildi.