Biz buyuk Amir Temur vorislarimiz!
Joriy yilning 8-aprel kuni IIV
Surxondaryo akademik litseyida Buyuk sarkarda, qudratli saltanat asoschisi, jahongir
bobomiz, Amur Temur tavalludiga 688 yil to‘lishi munosabati bilan “Biz buyuk Amir
Temur vorislarimiz!” shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Termiz davlat universiteti O‘zbekiston
tarixi va manbaashunoslik kafedrasi o‘qituvchilari ishtirok etgan ushbu tadbirda
o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan musiqiy chiqishlari, teatrlashtirilgan sahna
ko‘rinishlari yig‘ilganlarga namoyish etildi.
Tadbir huquqshunoslik va ijtimoiy
gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan tashkil etilgan viktorina savollari
hamda ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiqlar barchaga birdek manzur
bo‘ldi. Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib,
Amir Temur ijodi bilan yana bir bor yaqindan tanishishlari uchun xizmat qildi.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan o‘quvchilar litsey
rahbariyati tomonidan taqdirlandilar.