8 Iyun 2022 yil 390

Bitiruvchi o‘quvchilar amaliyotga chiqdi

Ayni paytda IIV Surxondaryo akademik litseyini bitiruvchi o‘quvchilari Jarqo‘rg‘on tumani IIBda amaliyot o‘tashmoqda. Ular amaliy mashg‘ulotlarda o‘quv yili davomida olgan sohaga oid nazariy bilimlarini mustahkamlashyapti. Shu bilan birga tuman IIB xodimlaridan sohaviy xizmatlarga oid kasb sirlarini ham o‘zlashtirishmoqda. Huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, sodir etilgan holatlarga nisbatan qanday choralar ko‘rilishi haqida ham batafsil ma’lumotga ega bo‘lib, o‘zlari ham jarayonlarda ishtirok etishayotir.
Albatta, bu bilimlar ularga kelgusida ham asqotishi shubhasiz!

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech