23 Noyabr 2022 yil 220

Bitiruvchi sinf o‘quvchilariga ID kartalarning qulayligi tushuntirildi

Bugungi kunda ko‘p vazifali ID-kartalar dunyoning aksar mamlakatlarida qo‘llanib kelinmoqda. Xo‘sh, ID-karta o‘zi nima? Hozirgi axborotlashuv asrida bu bizga qanday qulayliklarni taqdim etadi? Bu hujjatni qo‘lga kiritish uchun qanday jarayonlarni bosib o‘tishimiz kerak? Ushbu savollarga Qiziriq tumanidagi 36- hamda 2-umumta’lim maktablarida tuman IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi boshlig‘i, katta leytenant Maqsud Raxmonov, katta serjant S.Xolmo‘minovlar tomonidan o‘tkazilgan tadbirda batafsil javob berildi.  Asosan maktablarning bitiruvchi sinf o‘quvchilari ishtirok etgan tadbirda  dunyo tajribasida ID kartadan nafaqat shaxsni va fuqarolikni tasdiqlovchi guvohnoma, balki bank plastik kartasi, haydovchilik guvohnomasi, ochiq kalit, elektron hamyon sifatida ham foydalanilishi va boshqa qiziqarli ma’lumotlar ham berildi. Bugungi kunda Prezidenimizning farmoniga muvofiq, biometrik pasport o‘rniga joriy etilayotgan identifikatsiya ID-kartalarini olish va almashtirish uchun fuqarolarga istalgan ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga, ularni almashtirish uchun esa davlat xizmatlari markazlariga ham murojaat qilish mumkinligi tushuntirildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech