14 Sentyabr 2024 yil 205

Biriktirilgan yoshlar o‘rtasida sayohat tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2024 yil 13 yanvardagi tegishli buyrug‘iga asosan, Sherobod tumanida istiqomat qilayotgan otaliqqa olingan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, tarixiy va ma’naviy bilimlarini oshirish maqsadida, viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi va Sherobod tumani IIB xodimlari tomonidan sayohat tashkil qilindi.

Dastlab, Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi binosiga olib kelinib, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar, ajratilgan moddiy-texnikalari va xodimlarning xizmat faoliyatlari bilan tanishtirib o‘tildi.

Shundan so‘ng, Termiz shahridagi “Vatanparvarlik bog‘i” hamda “Arxeologiya muzeyi”ga olib borilib, u yerda saqlanayotgan tarixiy eksponatlar va jangovar texnikalar haqida kerakli tushuncha va ma’lumotlar berib o‘tildi.

Text to speech