11 Iyul 2020 yil 675

Birgina xatolik sabab...

Denov tumanida 2020 yilning 5 iyul kuni taxminan soat 18.00 lar chamasida, tumanning "Guliston" mahallasi hududidan o'tuvchi 4R-108 avtomobil yo'lining 8 kilometrida, tumanning "Lolazor" mahallasida yashovchi X.A. boshqaruvidagi "Trailblazer" rusumli avtoulovi bilan oldinda harakatlanib ketayotib, chapga burilayotgan tumanning "A.Jomiy" mahallasida yashovchi E.Sh.ning boshqaruvidagi VAZ-2102 rusumli avtoulovining chap yonidan urib yuborib, yo'lning o'ng chekkasida velosipetda harakatlanib kelayotgan, tumanning "A.Jomiy" mahallasida yashagan q.M.ni turib yuborib, o'z yo'nalishi bo'yicha piyodalar yo'lakchasida turgan, tumanning "Ko'kabuloq" mahallasida yashovchi, H.F.ga tegishli bo'lgan Neksiya rusumli avtoulovining orqa tomonidan borib to'qnashgan. Natijada velosiped haydovchisi, M.Qobilov "hayot uchun xavfli bo'lgan og'ir" tan jarohati oqibatida kasalxonaning jonlantirish bo'limida vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan, 6 iyul kuni X.A.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech