5 Mart 2022 yil 596

Bir yilda uch marotaba taklif qilingan porani rad etib, qonuniy chora ko‘rgan ypx inspektoriga yana pora taklif qilindi.

2022 yil 3 mart kuni soat 17:30 larda Jarqo‘rg‘on tumani " Ismoiltepa" mahallasi hududida shu mahallada yashovchi 1976 yilda tug‘ulgan fuqaro H.O‘ o‘ziga tegishli bo‘lgan "Matiz" rusumli 75 J 357 OA davlat raqam belgili avtomashinani spirtli ichimlik ta‘sirida boshqarib yurganini Surxondaryo viloyati IIB JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi prafilaktika katta inspektori kapitan I.O tomonidan aniqlanadi va ushbu hududga biriktirilgan Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB bo‘linmalari saf bo‘linmalari YPX batal‘oni 3-safarbar guruhi YPX katta inspektori katta serjant B.O‘ ga xabar beradi. YPX inspektori haydovchini o5ziga xizmatda foydalanish uchun biriktirilgan " Alkotester " moslamasi orqali tekshirganda haydovchi H. O‘ spirtli ichimlikdan (0.527 мg/l)mast holda ekanligi tasdiqlanadi. Shundan so‘ng katta serjant B.O‘ holat yuzasidan yo‘l harakati qoidalarining 12-bandiga muvofiq haydovchiga nisbatan ma‘muriy bayonnoma rasmiylashtiradi va transport vositasini vaqtinchalik saqlash jarima maydoniga joylashtiradi. Haydovchi H.O‘ inspektordan unga nisbatan tuzilgan bayonnomani bekor qilsa evaziga 2 000 000 so‘m pul berishni taklif qiladi. katta serjant B.O‘ fuqaroga bu taklifi qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘lishini, jinayatga boshlamasligini aytib tushuntirishiga qaramay haydovchi H. O‘ pora taklif qilishda davom etadi.
Shundan so‘ng YPX inspektori Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i nomiga fuqaro H. O‘ ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab bildirgi bilan murojaat qiladi. IIV SHXBB Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas`ul xodimlari ushbu bildirgiga asosan 2022 yilning 4 mart kuni soat 18:30 larda o‘tkazgan tezkor tadbir davomida fuqaro H. O‘ Jarqo‘rg‘on tumani " Ismoiltepa" mahallasining ichki yo‘lida inspektor B.O‘ ning boshqaruvida bo‘lgan "Cobalt" rusumli, 75 817 VSF davlat raqam belgili avtomashinasining old yo‘lovchi o‘rindig‘ida o‘tirib 2 000 000 so‘m pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlandi va holat tegishli tartibda rasmiylashtirildi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jarqo‘rg‘on tuman Prokuroturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati

Text to speech