3 Iyul 2021 yil 496

Bir tup zahri qotil parvarishi fosh etildi

Denov tumanida 2021 yilnnig 10 iyun kuni soat 12.30 larda, viloyat IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan tumanning "Dashtichinor" mahallasi hududida o'tkazilgan tadbir davomida, shu mahallada yashovchi, S.Mexrojning yashash uyi va yordamchi ho'jaliklari xolislar ishtirokida ko'zdan kechirilganida, yashash uyining devori panasida, 1 tup "nasha" giyohvandlik o'simligini ekib parvarishlab kelayotganligi aniqlangan va tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. 19 iyun kuni S.Mexrojga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech