24 May 2021 yil 508

Bir tup "nasha"ning qora qilmishi...

Sho'rchi tumanida 2021 yilning 4 may kuni soat 11.00 lar chamasida, tuman IIB xodimlari tomonidan tumanning "Joyilma" mahallasi hududida o'tkazilgan "qora dori-2021" tadbiri davomida, shu mahallada yashovchi, Ch.Ravshanning yashash uyi va yordamchi xo'jaliklari xolislar ishtirokida ko'zdan kechirilganida, hovlisida 1 tup "nasha" o'simligini ekib parvarishlab kelayotganligi aniqlangan va tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. 6 may kuni Ch.Ravshanga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech