22 Iyun 2020 yil 636

Bir tup nasha jinoiy ish ochilishiga sabab bo'ldi

Termiz shahrida 2020 yilning 16 iyun kuni, Termiz shahar ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o'tkazilgan tadbir davomida, shaharning "chegara" mahallasida yashovchi o.R.ning yashash uyi va yordamchi xo'jaliklari ko'zdan kechirilganida, tomarqasiga 1 tup "nasha" giyohvandlik o'simligini ekib parvarishlab kelayotganligi aniqlangan va tegishli ravishda hujjatlashtirib olingan. Holat yuzasidan 19 iyun kuni o.R.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech