30 Avgust 2024 yil 339

Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz! | Termiz shahrida mustaqilligimizning o‘ttiz uch yilligi shodiyonasi ko‘tarinki ruhda nishonlandi

Termiz shahridagi muhtasham “San’at saroyi” majmuasining “Alpomish” amfiteatrida vohalik ishlab chiqarish ilg‘orlari, fermer va tadbirkorlar, nuroniylar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari hamda voha mehmonlari ishtirokida viloyatning asosiy bayram shodiyonalariga bag‘ishlangan konsert dasturi ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.

Tadbirni Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tabrik so‘zi bilan ochib berdi va vohamiz ahlini mustaqilligimizning o‘ttiz uch yilligi bilan muborakbod etdi.

Tadbirda, shuningdek, Belarus Respublikasi elchisi Lenoid Marinich, Qirg‘iz Respublikasi iqtisodiyot va savdo vaziri o‘rinbosari Nazarbek Malaev, Qirg‘iz Respublikasi elchisi Muso Jamanbaev, Qozog‘iston Respublikasi Savdo va integratsiya vaziri o‘rinbosari Kairat Torebaev, Tojikiston Respublikasidan Xatlon viloyati raisining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Mirzozoda, Tursunzoda shahri raisi Akramzoda Parviz Akram, Shahrinav shahri raisi Valizoda Abduqodir Yusuf, Hisor shahri Raisi o‘rinbosari Nazrizoda Abdufattoh boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ham ishtirok etishishdi.

Text to speech