5 Sentyabr 2022 yil 730

Bilimlar sari chorlar birinchi qo‘ng‘iroq

Atrof tillarang tusga kirib, tabiatning yana bir fasli – oltin kuz kirib keldi.

Beshinchi sentabr – Bilimlar kuni o‘quvchilarni o‘z bag‘riga chorladi. Boshlangan yangi o‘quv yilida Sho‘rchi tumanidagi 72 ta umumta’lim maktablariga 1-sinf o‘quvchilari qabul qilindi.

Barcha ta’lim muassasalari singari tumandagi 9-umumta’lim maktabida ham  yangi o‘quv yilining boshlanishi – Bilimlar kuni tadbiri bilan boshlandi.

Bayram tadbirida, yuraklarni entiktirib yangi o‘quv yili uchun “birinchi qo‘ng‘iroq” chalindi.

Barcha joylarda bo‘lgani kabi ushbu o‘quv dargohida ham ilk saboq “Mustaqillik dars”lari bilan boshlandi. Unda Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik I.Ketmonov tomonidan mustaqilligimizning ne-ne mashaqqatlar bilan qo‘lga kiritilgani, keyingi yillar mobaynida ta’limga, yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, yurtimizda kechayotgan yangilanish jarayonlari xususida batafsil so‘z yuritilib, maktab jamoasi va iqtidorli o‘quvchi yoshlarga kitoblar va esdalik sovg‘alar topshirildi.

Text to speech