Bilimlar kuni munosabati bilan Angor tumanidagi ko‘zi ojiz bolalar maktab internatida bayram tashkil etildi.
Surxondaryo viloyat
IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shadiev bilimlar kuni munosabati bilan
Angor tumanida joylashgan “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatida
bo‘ldi. Mustaqillik darsi avvalida tarbiyalanuvchilar va ularning ota-onalari pedagog
tarbiyachilar va IIO xodimlari ishtirokida tantanali tadbir tashkil etildi.
Unda so‘z olganlar
Prezidentimizning 2022 yil 8 apreldagi “Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun
ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda ta’lim berish sifatini oshirish hamda ular
faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida ko‘zi ojiz va ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning
jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash, ularning sifatli ta’lim olishi uchun yaratilgan
shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, jamiyatga
moslashuviga ko‘maklashishdek hayrli ishlarga yeng shimarildi. Misol uchun 2022
yilda Angor tumanida umumiy qiymati 13 mlrd. 800 mln. so‘m bo‘lgan 180 o‘ringa mo‘ljallangan
“Nurli maskan” maktab-internati qurilib, foydalanishga topshirildi.
Mahalliy budjet
mablag‘lari hisobidan umumiy qiymati 1 mlrd. 233 mln. so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga Brayl alifbosidagi relef-nuqtali
Brayl printeri va boshqa zarur uskunalar bilan ta’minlandi.
Shuningdek, maskan
o‘quvchilarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida maktablar hududida 101 dona
zamonaviy video kuzatuv kameralari, o‘rnatilib, viloyat Ichki ishlar boshqarmasining
“Situatsion markazi”ga integratsiya qilindi. Bundan tashqari o‘quvchilarning sifatli
ta’lim olishlari uchun umumiy qiymati 1 mlrd. 150 mln. so‘mdan ortiq bo‘lgan zamonaviy
texnika va o‘quv qurollari, sport anjomlari, musiqa asboblari va to‘liq jixozlangan
yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini o‘rgatuvchi o‘quv maydonchasi bilan ta’minlandi.
Bayram munosabati bilan maktabning faollar zaliga o‘quvchilar foydalanishlari uchun
100 dona stullar topshirildi.
Tadbir asnsosida
jamoaning erishgan yutuqlari ham e’tirof etilib tarbiyalanuvchi va pedagoglarga
extirom ko‘rsatildi. Ularga sovg‘a salomlar ulashildi.
Aytish kerakki ko‘rsatilayotgan
g‘amxo‘rlik va e’tiborga javoban yoshlar ham munosib natijalarni qayt etishmoqda.
Masalan 2023-2024 o‘quv yilida mazkur muassasani tamomlagan 18 nafar o‘quvchining
15 nafari oliy ta’lim muassasala-rining talabasi degan yuksak unvonga sazovor bo‘ldi.