12 May 2020 yil 1320

G'alabaning 75 yilligi munosabati bilan...

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23-oktyabrdagi PQ-4495-son "ikkinchi jaxon urushida qozonilgan g'alabaning 75 yilligini munosib nishonlash to'g'risida"gi qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2019 yil 1 noyabrda tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar yuzasidan, O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019 yil 24-dekabr kunidagi farmoyishi bilan tasdiqlangan "ichki ishlar organlarida ikkinchi jaxon urushida qozonilgan g'alabaning 75 yilligiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi"ning tegishli bandlarini ijrosini ta'minlash maqsadida. Ikkinchi jaxon urushi ishtirokchilari va mexnat fronti faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog'ida sog'ligini yo'qotgan ichki ishlar organlari va harbiy xizmatchilari va ularning oila a'zolariga sog'lig'ini tiklash, maqsadli yordam ko'rsatish maqsadida viloyat IIB tibbiyot bo'limi poliklinika boshlig'i mayor A.E.Tursunov xamda poliklinika malakali mutaxasis shifokori o.Yu.Marchenko va xamshira D.Raxmonovalar tomonidan 2020 yil 06-may kunida Termiz shahar sahovat mayhallasida yashovchi 100 yoshni qarshilayotgan ichki ishlar tizimida xizmat qilgan 1920 yilda tug'ilgan iste'fodagi katta leytenant ikkinchi jahon urushi ishtirokchisi Murtozaev Xurram bobo xonadonida bo'lishib, ikkinchi jahon urushida qozonilgan g'alabaning 75 yilligi bayrami bilan samimiy tabriklab, sog'ligidan xabar olishdi. Sog'ligini saqlash yo'lida kerakli tavsiyalarni berishdi. Xurram boboning xonadoniga tashrif buyurgan viloyat IIB tibbiyot bo'limi xodimlari urush yillarida Vatan tinchligi uchun jonini fido qilgan insonlar haqida suhbatlar qurishdi. Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech