9 Iyun 2022 yil 298

Bila turib qo‘l urmang

Boysun tumanida IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida tumanning “Ko‘chkak” mahallasida yashovchi B.Z. (ayol)ning yashash uyi va yordamchi xo‘jaligi ko‘zdan kechirilganda tomorqasida 173 tup “ko‘knor” o‘simligini ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlandi. Qonunlarimizda taqiqlangan ekinni bila turib o‘z xonadonida yetishtirgan fuqaroga nisbatan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Topilgan o‘simlik poyalari esa o‘sha yerning o‘zida tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech