Bezorilik qilgan zo'ravonga jinoiy ish qo'zg'atildi
Denov tumanida 2021 yilning 25 fevral kuni taxminan soat 08.30 lar chamasida, tumanning "Tasmasoy" mahallasida yashovchi, M.O. mahallasi hududida joylashgan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli qopda, jamiyatda yurish turish qoidalarini mensimasdan mahalladoshi, Sh.B. bilan o'zaro janjal qilib, uni qo'li bilan boshiga urib, "sog'lig'ining buzilishiga sababchi bo'lgan engil" tan jarohati etkazgan. Holat yuzasidan, 12 mart kuni M.O.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Jamiyatda o'zidan boshqalarning qadr-qimmatini bilmaydigan, ularni mensimaydigan shaxs sifatida M.O.ga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atildi. M.O. esa qilgan qilmishiga yarasha qonunda belgilangan tartibda jazo olishi qolaversa, Sh.B.ning sog'ligiga etkazilgan moddiy va ma'naviy ziyonni qoplashiga to'g'ri keladi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati