19 May 2021 yil
514
Bezorilik qilgan shaxsga jinoyat ishi qo'zg'atildi
Denov tumanida 2021 yil 3 aprel kuni soat 16.00 lar chamasida, tumanning "A.Jomiy" mahallasida, tumanning "nurli manzil" mahallasida yashovchi, D.Miraziz jamoat joyida jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan, mahalladoshi X.Abdulatifni qo'lida bo'lgan pichoq bilan o'ng dumba sohasiga bir marotaba urib, "sog'lig'ining buzilishiga sababchi bo'lgan engil" tan jarohati etkazgan. Jamiyatda yurish turish qoidasini mensimagan D.Mirazizga nisbatan 28 aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati