Bezorilik qilgan o'quvchi...
Termiz shahrida 2021 yilning 28 fevral kuni taxminan soat 18.00 lar chamasida, shaharning "Kattabog'" mahallasida yashovchi, maktab o'quvchisi, voyaga etmagan, Sh.F. ota-onasi, o'qituvchilari tomonidan nazoratsiz qolishi oqibatida shaharning "Alpomish" mahallasida joylashgan kompyuter o'yingohi yonida, jamiyatda yurish turish qoidalarini mensimasdan tanish bo'lgan, shu mahallada yashovchi, Sherobod tumanidagi maktab o'quvchisi, voyaga etmagan, S.A. bilan o'zaro janjal qilib, uni qo'li bilan turli joylariga urib, "o'rtacha og'irlikda"gi shikastlar etkazgan. 18 mart kuni Sh.F.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Ta'lim dargohlarida xulq-atvorida o'zgarish bo'lgan o'quvchilar bilan muntazam ravishda profilaktik ta'sir choralari ko'rish ishlari susayib ketganligi oqibatida o'quvchilar o'rtasida turli xildagi jinoyatlar sodir etilayotganligi ta'lim muassasalari rahbarlarini tashvishga solmayapdimikan? Yurish turishida o'zgarishlar kuzatilayotgan o'quvchilarning ota-onalari bilan farzandining kelajagi haqida o'qituvchilar tomonidan tushuntirish ishlari olib borilishi nega susayib ketdi?- degan, savollarga javob berish vaqti kelmadimikan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati