7 Dekabr 2021 yil
439
Bezorilik qilgan bolalarga jinoyat ishi qo'zg'atildi
Oltinsoy tumanida 2021 yil 26 oktabr kuni soat 12:30 larda, tumanning "Sayrak" mahallasida yashovchi, voyaga etmagan maktab o'quvchisi Sh.Rasulni (ism shriflar o'zgartirilgan) ushbu maktabning futbol o'yingohida, shu mahallada yashovchi, S.Salom, I.Dilshod va S.Samarlar jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan duch kelgan joyiga urib, Sh.Rasulga tan jarohati yetkazgan. 9 noyabr kuni S.Salom, I.Dilshod va S.Samarlarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati