17 Dekabr 2020 yil 798

Bezorilik jinoyati sodir etildi

Sho'rchi tumanida 2020 yil 16 noyabr kuni soat 17.30 da, tumandagi "Shakarko'l" MChJga qarashli bozor ichida, tumanning "Oynako'l" mahallasida yashovchi, tumanidagi "Shakarko'l" MCHJ nazorotchisi, yu.D. tumanning "Jarqishloq" mahallasida yashovchi, M.S. ismli ayolni qo'li bilan urib, "sog'lig'ining buzilishiga sababchi bo'lgan engil" tan jarohati etkazgan. Surishtiruv muddati tuman prokurori tomonidan bir oy muddatga uzaytarilgan. 16 dekabr kuni yu.D.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech