17 Iyun 2021 yil 501

Bezorilarga jinoyat ishi qo'zg'atildi

Muzrabot tumanida 2021 yilning 22 aprel kuni soat 13.00 larda, tumanning "yangi hayot" mahallasi hududida joylashgan fermer xo'jaligi er maydonida, shu tumanda yashovchilar, o.Mirsaid, E.Farrux va K.Dilmurodlar, ushbu dala maydonida etishtirilgan piyoz mahsulotini fuqarolar qazib olish ishini bajarishayotgan bo'lishsada, jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan tumanning "yangi hayot" mahallasida yashovchi, X.Shamsiddin bilan o'zaro janjal qilib, uni qo'llari bilan bosh sohasiga urishib, "o'rtacha og'irlikda"gi shikastlar etkazgan. 20 may kuni o.Mirsaid, E.Farrux va K.Dilmurodlarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi "a,b" bandlari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech