Bezorilarga jinoyat ishi qo'zg'atildi
Denov tumanida 2021 yilning 28 may kuni soat 01.30 larda, tumanning "S.Olloyor" mahallasi joylashgan oziq-ovqat savdo do'konining oldida, tumanning "Vodiy" mahallasida yashovchi, A.Anvar o'ziga oldindan tanish bo'lgan tumanning "Guliston" mahallasida yashovchi, X.Valijon bilan o'zaro gaplashib olishmoqchi bo'lib uchrashganida, A.Anvar bilan birgalikda kelgan sheriklari ya'ni tumanning "Vodiy" mahallasida yashovchi, A.Akmal, Angor tumani "Yangiro'zg'or" mahallasida yashovchi, u.Feruz, "quyoshli yurt" mahallasida yashovchilar, P.Odiljon hamda uning ukasi, P.Suxrob va boshqalar qo'llarida bo'lgan bita, pichoq va boshqa sovuq qurollar bilan X.Valijonning duch kelgan joylariga urib, unga tan jarohati etkazishgan vaqtlarida, ularning bezorilik harakatlarining oldini olmoqchi bo'lgan, Denov tumani "Jomiy" mahallasida yashovchi, Ch.Otabekjonga ham faol qarshilik ko'rsatishib, bezorilik jinoyatini sodir etishgan. Natijada A.Anvar "hayot uchun xavfli bo'lgan og'ir tan jarohati", A.Akmal, P.Odiljon, U.Feruzlar "engil" tan jarohati olishib kasalxonaga murojaat qilishgan. 29 may kuni A.Anvar, A.Akmal , U.Feruz, P.Odiljon, P.Suxrob va boshqalarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi "g" bandi bilan, X.Valijonga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi "l" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati