Bezorilarga jinoyat ishi ochildi
Qumqo'rg'on tumanida 2021 yilning 2 mart kuni taxminan soat 17.20 lar chamasida, tumanning "Yangishahar" mahallasida joylashgan kafeda ish boshqaruvchi, R.M. tanishlari, tumanning "Do'stlik" mahallasida yashovchilar, A.K. va J.Sh., tumanning "Bog'oro" mahallasida yashovchilar, ya.I., Q.J., hamda tumanning "Beshqaxramon" mahallasida yashovchi, A.A.lar R.M va ya.I.lar o'rtasida oldindan o'zaro kelishmovchiliklar bo'lib kelganligi natijasida o'zaro janjallashib, bir-birlarini urib tan jarohati etkazgan. Ya.I. va A.K.lar o'rtacha og'irlikdagi tan jarohati olishgan. 22 mart kuni R.M.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan q.J., A.K. va Sh.J.larga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati