10 Aprel 2021 yil
528
Bezoriga jinoiy ish qo'zg'atildi
Angor tumanida 2021 yilning 9 mart kuni taxminan soat 16.30 lar chamasida, Muzrabot tumani "yangi-hayot" mahallasida yashovchi, R.T. tumanning "Dexqonbirlashuv" mahallasi hududida, tumanning "Navbahor" mahallasida yashovchi, J.Sh.lar o'zaro tortishib qolishib, J.Sh. qo'li va oyoqlari bilan R.T.ni duch kelgan joyiga urib, "sog'lig'ining buzilishiga sababchi bo'lgan engil" tan jarohati etkazgan.
Mazkur holat yuzasidan 3 aprel kuni J.Sh.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati