13 Mart 2021 yil 533

Beg'amlikka berilgan uy egasini tunab ketishdi

Qumqo'rg'on tumanida 2021 yilning 1 mart kuni, tumanning "Bog'aro" mahallasida yashovchi, K.E. ismli ayol tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 26 fevral kuni noma'lum shaxslar yashash uyiga hech kim yo'qligidan foydalanib kirib, sandig'i ichida turgan 500 (besh yuz) AQSh dollarini o'g'irlab ketganligini ma'lum qiladi. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan tezkor choralar natijasida, ushbu o'g'irlikni shu tumanda yashovchi, A.D. ismli ayol sodir etganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan. Mazkur holat yuzasidan, 9 mart kuni A.D. ismli ayolga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Avvalo har bir xonadon egasi o'zining tinchligini, mol mulkining xavfsizligini ta'minlash uchun hushyor bo'lishi lozim. Ammo K.E. ismli ayol beg'amlikka berilib, xovlisi eshigini mahkamlamasdan ochiq qoldirishi natijasida A.D. ismli ayol kabi kimsalarning o'g'rilik qilishlariga sharoit yaratib berganligining guvohi bo'lishimiz mumkin!

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech