25 May 2024 yil 551

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlari Yosh xodimlari o‘rtasida “Kibersport” musobaqasi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori hamda Ichki ishlar vazirining 2024 yil 4 aprel kunidagi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining joriy yil 25 aprel kunidagi ichki ishlar organlarining yosh xodimlari, harbiy xizmatchilari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini kuchaytirish orqali yosh istiqbolli yosh kadrlarni aniqlash, yosh xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidor va qobiliyatlarini yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024 yilgi mavsumi alohida kalendar-reja asosida tashkil etilishi va o‘tkazilishi yuzasidan tasdiqlangan tegishli farmoyishiga asosan, viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlar o‘rtasida “Kibersport” sport musobaqasi tashkil etildi.

Ushbu musobaqada boshqarmaning sohaviy xizmatlari va barcha shahar-tuman IIBlari yosh xodimlaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etishdi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan musobaqa yakuniy natijalariga ko‘ra, 3 o‘rinni Sariosiyo tumani ichki ishlar bo‘limi jamoasi, 2 o‘rinni Sho‘rchi tumani ichki ishlar bo‘limi jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, musobaqaning mutloq g‘olibligini Termiz shahar ichki ishlar boshqarmasi jamoasi qo‘lga kiritdi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlarga boshqarma boshlig‘ining diplom, medal hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Albatta bu kabi tadbirlarni muntazam ravishda o‘tkazib borish, tizimda xizmat qilayotgan yosh xodimlarni axborot texnologiyalari va IT-industriya uchun salohiyatli kadrlar etib tayyorlash va ularni sohaga jalb qilish ishlarini yanada kengaytirishga yordam beradi.

Text to speech