27 May 2024 yil 577

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlari Yosh xodimlari o‘rtasida “Armrestling” sport musobaqasi o‘tkazildi.

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ayniqsa yoshlar orasida sportni ommalashtirish va bu orqali mamlakatimizning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirokini ta’minlash borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan 5 ta muhim tashabbusning 2-tashabbusi “Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish”dan iborat.

Ichki ishlar vazirining 2024 yil 4 aprel kunidagi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining joriy yil 25 aprel kunidagi ichki ishlar organlarining yosh xodimlari va harbiy xizmatchilari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini kuchaytirish orqali yosh istiqbolli yosh kadrlarni aniqlash hamda yosh xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidor va qobiliyatlarini yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024 yilgi mavsumi alohida kalendar-reja asosida tashkil etilishi va o‘tkazilishi yuzasidan tasdiqlangan tegishli farmoyishiga asosan, viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodim va xodimalar o‘rtasida “Armrestling” sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqada boshqarmaning sohaviy xizmatlari va barcha shahar-tuman IIBlari yosh xodimlaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etishdi.

Qizg‘in kurashlarga boy bo‘lgan musobaqa yakuniga ko‘ra, 3 o‘rinni Qumqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limi jamoasi, 2 o‘rinni Termiz shahar ichki ishlar boshqarmasi jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, musobaqaning mutloq g‘olibligi viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Patrul-post xizmati batal’oni jamoasiga nasib qildi.

Yakunda musobaqa g‘olib va sovrindorlariga boshqarma boshlig‘ining diplom, medal hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari tantanali topshirildi.

Text to speech